Uchko‘prikda gaz shoxobchasi 9,1 milliard so‘mlik zarar yetkazgan – “O‘zenergoinspeksiya”
Energetika sohasida tabiiy gazdan qonuniy va samarali foydalanish bo‘yicha nazorat tadbirlari davom etmoqda.
“O‘zenergoinspeksiya” va “Hududgaz Farg‘ona” GTF hamkorligida Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirida “R. P.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida qoidabuzarlik aniqlandi.
Tekshiruv davomida shoxobchada o‘rnatilgan hisoblash uskunasi tabiiy gaz sarfini hisoblamayotgani ma’lum bo‘ldi.
Inspeksiya axborot xizmatiga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik oqibatida 9 milliard 187 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
N.Ziyodullayeva, O‘zA