Byudjet shakllanishining asosi raqamlashtirilmoqda
Moliya vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, davlat byudjetini tuzish jarayonida bugungi kunga qadar byudjet so‘rovi hujjati hisobchilar (buxgalterlar) tomonidan qo‘lda (xatolik ehtimoli katta bo‘lgan holda) tayyorlanardi.
Vazirlik tomonidan davlat byudjeti tizimini isloh qilish, byudjet xarajatlari samaradorligini oshirishni ta’minlash maqsadida xalqaro moliya institutlari ekspertlari ko‘magi bilan o‘rta muddatli byudjetlashtirish mexanizmi joriy etildi.
2021 yildan boshlab kelgusi moliya yili uchun davlat byudjetini tuzish va tayyorlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichда davlat byudjeti xarajatlarini rejalashtirish va uning ijrosini avtomatlashtirish hamda inson omilini qisqartirish maqsadida “Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi” (DMBAT) joriy etilmoqda. Byudjet tashkilotlariga kelgusi moliya yili uchun dastlabki byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari belgilanadi.
Ikkinchi bosqich — byudjet tashkilotlari hamda byudjetdan mablag‘ oluvchilarning buxgalteriya hisobini yurituvchi «UzASBO» axborot tizimlarida byudjet so‘rovi hujjati raqamlashtirilgan holda shakllantiriladi.
Ta’kidlanishicha, kelgusi yil davlat byudjetini tuzish va tayyorlashni elektronlashtirish orqali bugungi kungacha bo‘lgan ovoragarchiliklar, raqamlardagi xatoliklar qisqarib, byudjet jarayonini nazorat qilish yanada qulaylashadi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA