Buyuk bobolarimizni yod etib
O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin tutgan adib, shoir, olim hamda yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi Buxoroda ham keng nishonlanmoqda.
Buxoro shahridagi 30-maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan “Ijodkorlarning hayoti, faoliyati” mavzuidagi tadbir ham Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma’naviy merosini o‘rganishga bag‘ishlandi.
[gallery-5757]
Tadbirda ustoz-murabbiylar tarbiyalanuvchilarga buyuk bobokalonlarimizning hayoti va ijodi haqida so‘zlab berdi.
Bolajonlar tilidan g‘azal, ruboiylardan misralar yangradi. Milliy raqslar va sahna ko‘rinishlari ijro etildi.
Tohir ISTATOV, O‘zA