Buxoroga “Prezident sovg‘asi” yetib keldi
Buxoro viloyatiga Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, Vatan sarhadlarini himoya qilishda jonini fido qilgan yurtdoshlarimiz hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan farzandlariga atalgan “Prezident sovg‘asi” yetib keldi.
Tarkibiga 20 turdagi shirinlik, 3 turdagi o‘quv qurollari va 2 turdagi jihozlar jamlangan “Prezident sovg‘asi” viloyat hokimligi, tuman va shahar hokimliklari, xalq ta’limi boshqarmasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida 543 nafar buxorolik bolajonlarga topshiriladi.
Zarif Komilov, O‘zA