Buxorodagi 75 ta mahallada jinoyat koʻpaygan
Har kuni jinoyat koʻpaygan mahallalarga biriktirilgan xodimlar bilan yoʻriqnoma oʻtkazilib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlari belgilab olinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirliklarining 2020-yil 20-apreldagi qoʻshma qaroriga asosan Buxoro viloyatida jinoyat koʻpaygan 75 ta mahallada bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Har kuni jinoyat koʻpaygan mahallalarga biriktirilgan xodimlar bilan yoʻriqnoma oʻtkazilib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlari belgilab olinmoqda.
Viloyat IIB Axborot xizmatining xabariga koʻra, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida 8064 ta xonadonlar oʻrganildi. 2125 nafar shaxslar tayanch punktlariga olib kelindi. 1058 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. 243 nafar shaxslar rasman ogohlantirildi.