Buxoroda yoshlar muammolari o‘rganilmoqda
Buxoro viloyatida 2-sektor rahbarlari tomonidan yoshlarning taklif va muammolarini o‘rganish va hal qilish borasida “Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi” tadbirlari tashkil etilmoqda.

Ayni kunga qadar sektor rahbarlari tomonidan 53 ta mahallada o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida 400 nafardan ortiq murojaat va takliflar kelib tushgan. Murojaatlar joyida o‘rganilib, hal etish choralari ko‘rildi. Shuningdek, uchrashuv davomida 100 nafardan ortiq yoshlarning murojaatlari hal qilindi. Ijrosi muddat talab etadigan murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mas’ullarga biriktirildi. Sektor rahbari tomonidan nazoratga olindi.

Uchrashuvlar davomida 35 nafar yoshlarning bandligi ta’minlandi. 50 nafar ehtiyojmand ishsiz yoshlarga subsidiya asosida mehnat qurollari olib berildi. 5 nafar yoshlarga imtiyozli kredit ajratildi.

Uchrashuvlar davom etmoqda.
Zarif Komilov,
O‘zA