Buxoroda Xalqaro uloq-ko‘pkari turniri bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 27–29-mart kunlari Buxoro viloyatining Buxoro tumanida joylashgan Milliy gvardiyaning “Chavandozlar maktabi” hududida Qorabayir zotli otlar ishtirokida Xalqaro uloq-ko‘pkari turniri bo‘lib o‘tadi.
Sport vazirligi, Milliy gvardiya, mamlakatimiz uloq-ko‘pkari federatsiyasi va turli hamkor tashkilotlar tomonidan beshinchi bor o‘tkazilayotgan Xalqaro uloq-ko‘pkari turnirida Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Xitoy davlatlari hamda O‘zbekistondan ikkita jamoa ishtirok etadi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, ushbu turnir 2022 va 2023-yillarda Surxondaryo viloyatida, 2024-yil Farg‘ona viloyatida hamda 2025-yil Namangan viloyatida ko‘tarinki ruh va yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazilgan.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA