Buxoroda ustoz va murabbiylar sharaflandi
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahrida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda maktabgacha, maktab va professional ta’lim muassasalari pedagoglari, davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining professor-o‘qituvchilari, soha xodimlari hamda faxriylar ishtirok etdi.
Tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy qutlab, ularning yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, bilimli, yuksak ma’naviyatli va vatanparvar kadrlarni voyaga yetkazishdagi fidokorona mehnatini alohida e’tirof etdi.
[gallery-31739]
Yurtimizda ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yoshlarni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, pedagoglar zimmasidagi muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.
Bayram tadbiri doirasida ta’lim-tarbiya sifatini yuksaltirish, muassasalar rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh pedagoglar va professor-o‘qituvchilarga viloyat hokimining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, bir guruh ustoz va murabbiylar «Xalq ta’limi a’lochisi» va «Ijtimoiy himoya fidoyisi» ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Tantanali marosimda ustoz va murabbiylarning jamiyat hayotidagi muhim o‘rni, yosh avlod kamoloti yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyati alohida e’tirof etildi.
Bayram tadbiri san’atkorlar va ijodkorlar ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA