Buxoroda qurilish-tiklash ishlari avjida
Qorakoʻl tumani Dehqon bozorida boʻlgan masʼullar bozorda karantin qoidalariga rioya etilishi, narx-navolarning barqarorligi bilan tanishishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov va boshqa mutasaddi idoralari vakillari rahbarligida Buxoro viloyati hududida 27-aprel kuni soat 20-30dan 28-aprel 00-30ga qadar yuz bergan kuchli shamol natijasida eng koʻp zarar koʻrgan viloyatning Qorakoʻl va Olot tumanlaridagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari tashkillashtirmokda.
Vazir mazkur yoʻnalishda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya, koʻrsatma va topshiriqlar berdi.
Qorakoʻl tumani Dehqon bozorida boʻlgan masʼullar bozorda karantin qoidalariga rioya etilishi, narx-navolarning barqarorligi bilan tanishishdi.
Talofot koʻrgan korxona va tashkilotlar masʼullar va xonadon egalari bilan suhbatda ularga davlat tomonidan amaliy yordam koʻrsatilishi xususida tushuntirishlar olib borilmokda. Olot va Korakoʻl tumanlarida barcha davlat va jamoat tashkilotlari, xususan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish, jamoat tartibini saqlash, aholi oʻrtasida turli uydirmalar tarqalishini oldini olish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida hamkorlikdagi ishlar jadal surʼatlarda olib borilmoqda.