Buxoroda o‘quv markazning yerto‘lasida chaqnash sodir bo‘ldi
Buxoro shahar O.Xo‘jayev mahalla fuqarolar yig‘ini Mustaqillik ko‘chasida chaqnash sodir bo‘ldi. Bu haqida Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 4 yanvar kuni soat taxminan 00:52larda Buxoro shahar “Olim Xo‘jayev” mahalla fuqarolar yig‘ini Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 50/3 uyning ya’ni o‘quv markaz sifatida foydalanilayotgan binoning yerto‘lasida chaqnash sodir bo‘lgan. Natijada yerto‘ladagi 3 dona eshik romlar joyidan siljigan va 70 kv.m maydonda tom qismi plastik qoplamasi zararlangan. Binodan tashqaridagi yerto‘laning beton qoplamasi tushgan. Chaqnash natijasida jabrlangan va tan jarohat olganlar yo‘q. Hozirda chaqnash sabablari aniqlanmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA