Buxoroda bir guruh notariuslar taqdirlandi
FOTOREPORTAJ
Buxoroda mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan notariat sohasida fidokorona xizmat qilayotgan bir guruh soha xodimlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda notariat institutining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash hamda notarial idoralar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati darajasini oshirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, notarial harakatlarni amalga oshirish uchun “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaratildi. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun elektron navbatga yozilish imkoniyati yaratildi. To‘lovlar to‘liq elektron ko‘rinishga o‘tkazilib, billing tizimiga ulandi va notarial harakatlarni amalga oshirish to‘liq raqamli ko‘rinishga o‘tkazildi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi tomonidan ham yurtimiz notariuslarini qo‘llab-quvvatlashi borasida qator ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, joriy yildan boshlab, notariat tizimida fidokorona mehnat qilib vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt oldida hurmat qozongan notariuslar, o‘zining yuksak kasbiy mahoratini ko‘rsatayotgan faol va tashabbuskor soha xodimlari, uzoq yillar davomida tizimda ishlab yosh kadrlarni tayyorlash va ularga ustozlik qilish borasida namuna bo‘lib kelayotgan hamda sohani rivojlanishda va notarius kasbining nufuzini yanada oshirishda o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan notariuslarni taqdirlash maqsadida “Notariat sohasiga qo'shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.
[gallery-13376]
Bayram arafasida viloyatdagi huquqshunos notariuslar va palata xodimlari O‘zbekiston Notarial palatasining “Notariat sohasiga qo'shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni hamda faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Ularga ushbu yuksak mukofot tantanali tarzda topshirildi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA