Buxoro shahri hokimi ovoz berdi
Buxoro viloyati Buxoro shahar 23-IDUM binosida 21-saylov uchastkasi joylashgan. Ushbu uchastka Markaziy saylov komissiyasi tavsiyalari va nizom asosida zarur va kerakli vositalar bilan jihozlangan. Ovoz berishda zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish uchun imkoniyatlar yetarli. Fuqarolar ovoz berishda har jihatdan faol ishtirok etmoqda.
Saylov uchastkasida ilk ovozni Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirov berdi.
– Uchastkamizda 1 ming 605 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan, – deydi 21-saylov uchastkasi raisi Suxrob Xayrullayev. – Ularning 20 nafari muddatidan oldin ovoz berdi.
– Shukurki, mana shunday o‘z fuqarolik huquqlarimizdan foydalana olish imkoniyatimiz bor, tinch yurtda yashash baxtiga muyassarmiz, – deydi fuqaro Mastura Narziyeva. – Men saylovda o‘z fuqarolik burchimni ado etganimdan mamnunman.
Buxoro shahrida jami 84 saylov uchastkasi mavjud. 149 ming 176 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan 3 ming 308 nafari muddatidan oldin ovoz bergan.
Zarif Komilov, O‘zA