Buxgalteriya balansi mavjud bölmagan tadbirkorlar ham lizingdan foydalanişi mumkin
Mamlakatimizda tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda. Endilikda faoliyatini kengaytiriş uçun qöşimça texnika, uskuna yoki transport vositasiga ehtiyoj sezayotgan tadbirkorlar uçun yangi imkoniyatlar yaratiladi. Yaʼni, yakka tartibdagi tadbirkorlar ham lizingdan foydalanişda yuridik şaxslar kabi huquqqa ega bölişlari mumkin.
Parlament quyi palatasi majlisida yakka tartibdagi tadbirkorlarning lizing xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan qonun loyihasi ikkinçi öqişda körib çiqildi.
— Uşbu hujjat bilan yakka tartibdagi tadbirkorlarning lizing oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, lizing munosabatlarining huquqiy asoslarini takomillaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilmoqda, — dedi deputat Nargiza Salomova. — Qonun loyihasida lizing obʼektini hisobga oliş tartibini takomillaştiriş, bunda lizing obʼekti lizing oluvçining balansida hisobga olinişi aks etmoqda. Lizing oluvçi yakka tartibdagi tadbirkor bölgan hollarda esa lizing obʼekti lizing beruvçining balansida hisobga olinişi belgilab qöyilmoqda. Bu esa tadbirkorlarda buxgalteriya balansi mavjud emasligi bilan boğliq holda lizing xizmatlaridan foydalaniş bilan boğliq çeklovni bartaraf etişga xizmat qiladi. Natijada yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun lizing xizmatlaridan foydalanişning huquqiy mexanizmi yaratiladi.
Qayd etilganidek, hujjatda lizing obʼektiga bölgan egalik qiliş va undan foydalaniş huquqlari aniqlaştirilişi lizing munosabatlarida huquqiy aniqlikni taʼminlaş hamda şartnoma şartlarini bir xil yondaşuv asosida şakllantirişga imkoniyat yaratadi.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinişi yakka tartibdagi tadbirkorlarning lizing xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, lizing obʼektini hisobga oliş bilan boğliq talablarni takomillaştiriş hamda lizing şartnomalarining huquqiy aniqligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi qabul qilinib, Senatga yuborildi.
M.Komilova,
ÖzA