Butayev Sherzod Fayzulloyevichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Yurakning surunkali ishemik kasalligida miokard tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarning yoshga bog‘liq jihatlari» mavzusida
Butayev Sherzod Fayzulloyevichning «14.00.15 – Patologik anatomiya» ixtisosligi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tavsiya yetilgan «Yurakning surunkali ishemik kasalligida miokard tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarning yoshga bog‘liq jihatlari» mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli ilmiy kengashning 2024 yil 18 yanvar kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Farg‘ona shahar, 150100, Yangi Turon ko‘chasi, 2 A-uy. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
Tel.: +998(95) 202-23-45; faks: +998(95) 202-23-45
e-mail: info@fjsti.uz