Buribayeva Gulchexra Narkuziyevnaning qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risida
“O‘rta tolali g‘o‘zada O‘zbekiston–Xitoyning tezpishar, hosildor, tola chiqimi yuqori hamda sho‘rlanishga bardoshli seleksion ashyolarini yaratish” mavzusida
Buribayeva Gulchexra Narkuziyevnaning 06.01.05- “Seleksiya va urug‘chilik” ixtisosligi bo‘yicha “O‘rta tolali g‘o‘zada O‘zbekiston–Xitoyning tezpishar, hosildor, tola chiqimi yuqori hamda sho‘rlanishga bardoshli seleksion ashyolarini yaratish” mavzusidagi qishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi PhD.08/2025.27.12.Qx.09.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 30-oktabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 130400, Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani, Olimlar mahallasi, M.Omonov ko‘chasi, 1-uy. Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Tel.: (99872) 432-15-33
e-mail: uzniizerno@yahoo.com