Bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanida hozirda “Samo Build-14” MCHJ tomonidan ko‘p qavatli uylar barpo etilmoqda.
Jami yer maydoni 18 gektarni egallagan maydonda ko‘p qavatli uylar soni 101 tadan iborat. Shundan 9 qavatli turar-joy majmuasi 68 ta, 7 qavatli turar-joylar soni esa 33 tani tashkil etadi. Bundan tashqari massivda 3 ta maktab, 4 ta bog‘cha va boshqa ijtimoiy hamda servis sohalari ob’ektlari, avtoturargoh joy oladi.
Bunyodkorlar qurilish ishlarini tez fursatda hamda sifatli bajarishga alohida e’tibor qaratgan.
[gallery-21793]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA