«Bunyodkor» stadioniga sayohat
Poytaxtimizdagi «Bunyodkor» stadionida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarining sayohati va futbol mutaxassislari bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Poytaxtimizdagi «Bunyodkor» stadionida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarining sayohati va futbol mutaxassislari bilan uchrashuvi tashkil etildi.Mazkur tadbir talaba-yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirish va bu orqali yoshlarning Vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish, ular o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida o‘tkazildi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasida yurtimizda zamonaviy sport inshootlari barpo etilib, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi, turli nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

«Bunyodkor» sport majmuasi hududi 56 gektardan iborat. O‘ttiz to‘rt ming muxlisga mo‘ljallangan ikki qavatli stadion va uning atrofidagi zamonaviy futbol maydonlari, bolalar va o‘smirlar futbol maktabi, yotoqxonalar, basseyn va boshqa bir qator obyektlar o‘zining noyob me’moriy va muhandislik yechimi, betakror dizayni bilan poytaxtimiz ko‘rkiga-ko‘rk bag‘ishlamoqda.
– Zamonaviy, mahobatli inshootni tomosha qilar ekanmiz, bizni faxr hissi chulg‘ab oldi, xalqimizning bunyodkorlik salohiyatiga yana bir karra tan berdik, – deydi Toshkent davlat yuridik universiteti uchinchi kurs talabasi Oybek Jumayev.
Tadbir doirasida talabalar, futbol mutaxassislari, murabbiylar va futbolchilar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.