Bugun tug‘ilgan kun – Sirojiddin Berdiqulov
Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimi Sirojiddin Berdiqulov 1979 yil 8 noyabrda Jomboy tumanida tug‘ilgan.
Sirojiddin Berdiqulov 2000 yil Toshkent moliya instituti bakalavriatini, 2003 yil ushbu muassasa magistraturasini tamomlagan. 2012 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi bo‘lgan.
U mehnat faoliyati davomida qator mas’ul vazifalarda ishlagan. Xususan, Moliya vazirligi narxni shakllantirish jamlama boshqarmasi tovar bozorlarida narxlarni tahlil qilish va monitoring bo‘limi boshlig‘i, Moliya vazirligi agrosanoat majmui moliyasi boshqarmasi boshlig‘i, Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.
S.Berdiqulov 2022 yilning oktyabr oyidan buyon Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari berib boriladi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!