Bugun tug‘ilgan kun – Shohrux Sharaxmetov
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Shohrux Sharaxmetov 1977 yil 7 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Sh.Sharaxmetov 1998 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 1999 yil Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini tugatgan. U mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi vazifasidan boshlagan.
Shohrux Sharaxmetov 2021 yil O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi vazifasiga tayinlangunga qadar qator mas’ul lavozimlarda ishlagan. Xususan, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rais o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ijro etuvchi apparati bosh konsultanti, Moliya vaziri o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari bo‘lgan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!