Bugun tug‘ilgan kun — Qudratilla Rafiqov
Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi, davlat va jamoat arbobi, siyosatshunos Qudratilla Rafiqov 1947-yil 4-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Qudratilla Rafiqov mehnat faoliyati davomida qator mas’ul lavozimlarda ishlagan. Xususan, Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Uchtepa (sobiq Akmal Ikromov) hamda Olmazor (sobiq Sobir Rahimov) tumanlari hokimi bo‘lib ishlagan. O‘sha kezlarda endigina ozodlikka erishgan yurtning og‘riqli muammolarini hal etish borasida ko‘plab loyihalarning tashabbuskori, bevosita ijrochisi bo‘lgan.
1993–1998-yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi muovini, 1998-yildan 2003-yilgacha Jizzax viloyati kasaba uyushmalari Kengashi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Keyinroq «Jizzax akkumulyator zavodi» AJ bosh direktori lavozimida ishlagan. 2016-yilning dekabrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi lavozimiga saylangan.
Qudratilla Rafiqov hozirga qadar ushbu lavozimda samarali mehnat qilib kelmoqda.
Qudratilla Rafiqov bir nechta yirik davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Jumladan, 2017-yil «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan, 2021-yil «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan «Bugun tug‘ilgan kun» loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @U_Qurbonov.
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru.