Bugun tug‘ilgan kun – Ozod Sharafiddinov (xotira)
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, "Buyuk xizmatlari uchun", "Mehnat shuhrati" ordenlari sohibi Ozod Sharafiddinov 1929 yil 1 martda Qo‘qon shahri yaqinidagi Oxunqaynar qishlog‘ida tug‘ilgan.
Ozod Sharafiddinov 1951 yil O‘rta Osiyo Davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetini tugatgan. 1951-1954 yillar Moskvadagi jahon adabiyoti institutining aspiranturasida o‘qigan. 1955 yil «Urushdan keyingi o‘zbek poemachiligi» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Ozod Sharafiddinov o‘zbek adabiy jarayonidagi holatlarni «Talant – xalq mulki» (1979), «Adabiyot – hayot darsligi» (1981), «Go‘zallik izlab» (1985), «Haqiqatga sadoqat» (1988), «Sardaftar sahifalari» (1999), «Prezident» (2003) singari asarlarida aks ettirdi.
Mustaqillik yillarida O.Sharafiddinov ham adabiy tanqidchi, ham tarjimon, ham jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirdi. «Cho‘lpon» (1991), «Cho‘lponni anglash» (1994) kitoblari, «E’tiqodimni nega o‘zgartirdim» (1997) asarlarida munaqqidning estetik prinsiplari aks etgan.
Ozod Sharafiddinov XX asrning 90-yillari o‘rtalarigacha O‘zbekiston Milliy universitetida professor bo‘ldi. Shuningdek, «Tafakkur» jurnali bosh muharrir o‘rinbosari, «Jahon adabiyoti» jurnalida bosh muharrir vazifasida ishlagan.
Ozod Sharafiddinov 2005 yil 4 oktyabrda vafot etdi.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail:pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!