Bugun tug‘ilgan kun – Norqobil Jalil
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “XXI asr” gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalil 1961 yil 3 noyabrda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan.
Norqobil Jalil Toshkent Davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan.
U jurnalistlik faoliyatini O‘zbekiston radiosi muharrirligidan boshlagan. “Turkiston” gazetasi bo‘lim mudiri, “Savdogar” gazetasi yetakchi muharriri, “O‘zbekiston ovozi” gazetasida bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari, “Xalq so‘zi” gazetasi bo‘lim mudiri, O‘zbekiston televideniyesi “Ma’naviyat” bosh muharririyati bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston MTRK “Yuksalish” studiyasi bosh muharriri, “O‘zbekiston” davlat unitar korxonasi teleradiokanali bo‘lim boshlig‘i, “Oila va jamiyat” gazetasi bosh muharriri lavozimlarida ishlagan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Norqobil Jalilning “Sog‘inchning rangi”, “Quyoshga tik qarab bo‘lmas” kabi kitoblari chop etilgan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @muloqotofficial_bot
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!