Bugun tug‘ilgan kun – Muhammad Yusuf (xotira)
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanida tavallud topdi.
Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutini (hozirgi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti) tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish Akademiyasida tahsil olgan.
Respublika Kitobsevarlar jamiyatida, “Toshkent oqshomi” gazetasida, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, “Tafakkur” jurnalida, “O‘zbekiston ovozi” gazetasida xizmat qildi. 1998 yildan umrining oxirigacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat yuritdi.
Uning “Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Iltijo”, “Uyqudagi qiz”, “Halima ena allalari”, “Ishq kemasi”, “Ko‘nglimda bir yor”, “Bevafo ko‘p ekan”, “Erka kiyik”, “Saylanma”, “Biz baxtli bo‘lamiz”, “Osmonimga olib ketaman”, “Ulug‘imsan, Vatanim” singari o‘ndan ortiq she’riy to‘plamlari o‘quvchilar qalbidan joy oldi.
Muhammad Yusuf “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. El sevgan ijodkor Muhammad Yusuf 2001 yil 1 avgustda 47 yoshida vafot etdi.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @ Ikrom_ Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!