Bugun tug‘ilgan kun – Matyoqub Qo‘shjonov (xotira)
“El-yurt hurmati”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari sohibi Matyoqub Qo‘shjonov 1918 yil 5 mayda tavallud topgan.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori Matyoqub Qo‘shjonov mehnat faoliyati davomida qator idoralarda mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Uning asosiy ilmiy ishlari XX asr o‘zbek adabiyotinning rivojlanish tamoyillari, adabiy tanqid va adabiyotshunoslik metodologiyasi muammolari, adabiyot nazariyasi va yozuvchi mahorati masalalariga bag‘ishlangan edi. M.Qo‘shjonov tadqiqotlarida Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Oybek, Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubov kabi ijldkorlarning mahorati o‘rganilgan. Badiiy asarlarning syujet, kompozitsiya, xarakter va konfiliktlari tahlil qilingan.
Ijodkorning qalamiga oid ko‘plab asarlar o‘quvchilar tomonidan yaxshi qabul qilingan. Shuningdek, u bir qancha ilmiy asar va lug‘atlar yaratilishiga bosh-qosh bo‘lgan.
Matyoqub Qo‘shjonov 2005 yil 16 avgustda Toshkentda olamdan o‘tdi.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!