Bugun tug‘ilgan kun – Halima Xudoyberdiyeva (xotira)
O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva 1947 yil 17 mayda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tug‘ilgan.
Halima Xudoyberdiyeva 1972 yil Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) tugatgan. 1975-1977 yillar Moskvada – Oliy adabiyot kursida ham tahsil olgan.
U «Saodat» jurnalida avval bo‘lim boshlig‘i, muharrir o‘rinbosari va keyinchalik bosh muharrir sifatida mehnat qilgan. Shoira hozirgi «Yangi asr avlodi» nashriyotida bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi kengashi raisi lavozimlarida ham xizmat qildi. Shuningdek, «Yozuvchi» nashriyotida yetakchi mutaxassis va «Guliston» jurnalida adabiyot bo‘limini boshqardi.
O‘quvchilar shoiraning «Ilk muhabbat», «Oq olmalar», «Chaman», «Suyanch tog‘larim», «Bobo quyosh», «Issiq qor», «Sadoqat», «Muqaddas ayol», «Yuragimning og‘riq nuqtalari», «Hurlik o‘ti», «Bu kunlarga yetganlar bor», «To‘marisning aytgani» kabi she’riy, nasriy to‘plamlarini yaxshi biladi.
Halima Xudoyberdiyeva «Muqaddas ayol» nomli she’riy to‘plami uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.
Halima Xudoyberdiyeva 2018 yil 17 avgustda vafot etdi.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan, qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!