Bugun tug‘ilgan kun – Elmurot Xaitmetov
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori Elmurot Xaitmetov 1972 yil 26 aprelda tug‘ilgan.
E.Xaitmetov 1994 yil Toshkent Davlat agrar universitetini, 2004 yil O‘zbekiston Respublikasining Bank-moliya akademiyasining magistraturasini tugatgan.
U Mehnat faoliyatini 1994 yil davlat va xususiy korxonalarda hisobchilikdan boshlagan. Elmurot Xaitmetov 2019 yil O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori vazifasiga tayinlangunga qadar qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.
1998-2008 yillar va 2010-2018 yillarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida turli rahbarlik lavozimlarda, 2008-2010 yillar Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida boshqarma boshlig‘i va 2018-2019 yillarda “Toshelectroapparat” MCHJ QKda moliyaviy masalalar bo‘yicha direktor lavozimlarida ishlagan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!