Bugun tug‘ilgan kun
Toshkent avtomobil yo‘llar institutining “Avtomobillar dvigatellari va ekologiya” kafedrasi professori, akademik Sarvar Qodirov 1940 yilning 11 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
11 fevral
Toshkent avtomobil yo‘llar institutining “Avtomobillar dvigatellari va ekologiya” kafedrasi professori, akademik Sarvar Qodirov 1940 yilning 11 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Sarvar Qodirov 1962 yil Toshkent politexnika institutini tamomlagan. 1964-1968 yillarda Moskva avtomobil yo‘llar institutida aspiranturada o‘qib, 1969 yili nomzodlik hamda 1984 yili doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 1991 yili esa O‘zbekiston fanlar akademiyasiga muxbir-a’zo etib saylangan.
S.Qodirov Nyu-York fanlar akademiyasining akademigi hamda bir qator oliy ta’lim muassasalari faxriy professoridir. Uning muallifligidagi 70 dan ortiq darslik, lug‘at, o‘quv qo‘llanma va monografiyalaridan nafaqat mamlakatimiz, balki dunyoning bir qator davlatlaridagi ilm-fan va ta’lim muassasalarida foydalanib kelinadi. Shuningdek, ko‘plab badiiy risolalari hamda romanlari o‘quvchilar qo‘liga yetib borgan.
Sarvar Qodirov 1995-2005 yillarda Toshkent avtomobil yo‘llar instituti rektori vazifasida mehnat qilgan. Hozirgi kunda ham ushbu ta’lim muassasasida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!