Bugun tugʻilgan kun
Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov 1946-yil 16-aprelda Toshkent shahrida tavallud topgan.
16-aprel
Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov 1946-yil 16-aprelda Toshkent shahrida tavallud topgan.
“Yalla” ansambli badiiy rahbari Farrux Zokirovning har bir qoʻshigʻi tinglovchilar tomonidan katta eʼtibor va olqishlar bilan kutib olingan.
Ijodkorning “Choyxona”, “Uchquduq”, “Unutma meni”, “Majnuntol”, “Shahrisabz”, “Jannatim, yurtim” kabi koʻpgina qoʻshiqlar xalqimizning yuragidan chuqur joy olgan.
Farrux Zokirov intervyularidan birida shunday degan edi:
“...Bolalagimda ham, hozir ham, xoh atrofdagilar bilan munosabatda boʻladimi, xoh professional ijodda “Karim Zokiriyning oʻgʻli!” degan taʼrif men uchun yuksak baho. Botir akam — ijodiy vijdonim. Doim qoʻshiq yozayotganda Botir Zokirov qanday fikr bildirardilar, degan xayol keladi”.
* * *
P/S.: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tugʻilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qoʻshimchalaringiz boʻlsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37.
Saytimizni kuzatib boring!