Bugun Superliganing 15-turiga start beriladi
15-tur boshlanmoqda.
Bugundan O'zbekiston Superligasining 15-tur bellashuvlari start oladi. Ushbu tur bellashuvlarini “Andijon” - “Paxtakor” bahsi ochibb beradi.
“Andijon” — “Paxtakor”
15-turning markaziy uchrashuvlaridan biri “Bobur Arena”da bo‘lib o‘tadi. Turnir jadvalida 8-o‘rinda borayotgan “Andijon” (14 o‘yin, 20 ochko) o‘z maydonida 2-o‘rindagi “Paxtakor”ni (14 o‘yin, 33 ochko) qabul qiladi.
Jamoalar shu kungacha Superligada 32 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Ularning 21 tasida “sherlar” g‘alaba qozongan, 7 marta “burgutlar” zafar quchgan, yana 4 uchrashuv durang bilan yakunlangan.
O‘tgan turda “Andijon” o‘z maydonida “Buxoro”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. “Paxtakor” esa safarda "Bunyodkor" ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuv soat 19:30da start oladi.

“Buxoro” — “Lokomotiv”
15-tur doirasida yana bir qiziqarli bahsda “Buxoro” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qiladi.
Turnir jadvalida “Buxoro” 4-o‘rinda bormoqda. Jamoa 14 turdan keyin 23 ochko jamg‘argan. “Lokomotiv” esa 6-o‘rinda harakat qilmoqda.
O‘tgan turda “Buxoro” safarda “Andijon”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. “temiryo'lchilar” esa 13-turda Andijon bilan sermahsul 3:3 hisobidagi durangni qayd etgan edi.
Ikki jamoa bugun turnir jadvalidagi o‘rinlarini yaxshilash uchun muhim ochkolarni qo‘lga kiritishga urinadi.
Bellashuv 20:30da boshlanadi.
