Bugun BMT bosh kotibining Moskvaga tashrifi boshlanadi
Bugun – 12 may kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning Moskvaga tashrifi boshlanadi.
Tashrifning birinchi kuni bosh kotib Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashib, Ukraina va Isroil-Falastin ziddiyatini muhokama qiladi. Shuningdek, Guterresh prezident Vladimir Putin bilan onlayn shaklda muloqot qilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tashrif Rossiya hukumati taklifiga ko‘ra amalga oshirilmoqda. Guterresh tashrif oldidan Lavrov bilan uchrashuvda havfsizlik bo‘yicha hal qiluvchi barcha masalalarni, jumladan, Liviya, Suriya, Yaman, Ukraina va Afg‘onistondagi ziddiyatlarni muhokama qilishini aytgandi.