Bugun AQSH va Rossiya prezidentlari uchrashadi
Bugun Jenevada AQSH va Rossiya prezidentlari Jo Bayden va Vladimir Putin uchrashadi.
Shveysariya federal politsiyasida yuqorida darajada safarbarlik e’lon qilingan.
Mahkama Ofisi vitse-direktori Stefan Teymerning aytishicha, jumladan, mahalliy vaqt bilan 15 dan 17 gacha Jenevaning havo hududi vaqtincha yopiladi. Havoda politsiyaning aviatsiya bo‘linmasi navbatchilik qiladi. Umumiy hisobda 3,5 ming haquq-tartibot himoyachilari sammit davomidagi tartib va xavfsizlikni ta’minlaydi.
Rossiya va Qo‘shma Shtatlar tomonidan 800 nafardan ishtirokchi qatnashishi ko‘zda tutilgan. Sammit jarayonini 3 ming nafar jurnalist bevosita Jenevadan turib yoritadi, deyiladi INTERFAX.RU xabarida.