Bugun 3-may – Jahon matbuot erkinligi kuni
Mazkur sana butun dunyo mamlakatlaridagi kabi Oʻzbekistonda ham keng nishonlanmoqda.
Mazkur sana butun dunyo mamlakatlaridagi kabi Oʻzbekistonda ham keng nishonlanmoqda. U BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-dekabrdagi (№A/DEC/48/432)rezolyutsiyasiga binoan 1994-yildan boshlaboʻtkazilib kelinadi.
Ana shu munosabat bilan bugun YUNESKO shafeligida boshlangan anʼanaviy #WorldPressFreedomDay axborot kampaniyasida mamlakatimizning faol jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar, blogerlar va Oʻzbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi ham faol ishtirok etmoqda.
Markaz tomonidan ushbu sanaga bagʻishlab roliklar va materiallar tayyorlandi.
Quyidagi lavhada markaz mutaxassislarining jurnalistikaning bugungi holati, tobora rivojlanib borayotgan blogerlik harakati, gazeta va jurnallar muammolari va shu yoʻnalishda kadrlar tayyorlash tizimi haqida fikrlar bildirilgan.