Bugun tugʻilgan kun
“Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sarvar Otamuratov 1973-yil 22-aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan.
22-aprel
“Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sarvar Otamuratov 1973-yil 22-aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan.
Sarvar Otamuratov 1995-yil hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetini, 1998-yil Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini, 2003-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
Mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Valyuta-iqtisod bosh boshqarmasida yetakchi iqtisodchilikdan boshlagan Sarvar Otamuratov shundan buyon qator masʼuliyatli vazifalarda ishlab kelmoqda.
U 2018-yil “Doʻstlik” ordeni sohibi boʻlgan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tugʻilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qoʻshimchalaringiz boʻlsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!