Bu yil dunyo bug‘doy bozorida vaziyat qanday bo‘ladi?
Birlashgan millatlar tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) 2022-2023 yil uchun dunyoda yetishtiriladigan bug‘doy miqdori kutilgan iste’molni ta’minlash uchun yetarli bo‘lmaydi, demoqda.
FAO keltirgan ma’lumotda qayd etilishicha, 2021/22 qishloq xo‘jaligi mavsumida dunyo bug‘doy bozoriga 776,7 million tonna bug‘doy chiqariladi, (iste’mol 771,1 million tonnani tashkil etadi). 2022/23 yili mavsumida esa ushbu ko‘rsatkich pasayishi mumkin, lekin bug‘doy taqchilligi kuzatilmaydi. Ishlab chiqarish 770,8 million tonnani tashkil etadi, iste’mol talabi 768,6 million tonna bo‘lishi aytilmoqda. Ushbu davrda dunyodagi bug‘doy savdosi ham taxminan avvalgi mavsumga yaqin bo‘ladi, ya’ni o‘tgan mavsumda 192,1 million tonnani tashkil etgan bo‘lsa kelgusi mavsumda 188,9 million tonnani tashkil etadi.