Brunu Fernandeş: «Bu öyin bizga köp narsani örgatişi kerak»
Beş turdan söng Portugaliya 12 oçko bilan 4-guruhda peshqadam. Daniya 9 oçko bilan ikkinçi örinda.
Portugaliya terma jamoasi va «Mançester Yunayted» yarim himoyaçisi Brunu Fernandeş UEFA Millatlar ligasining 5-turida Daniyadan uçralgan 1:4 hisobidagi mağlubiyat haqida gapirdi.
«Unutiş kerak bölgan öyinlar yöq. Bu bahs bizga köp narsani örgatişi va xatolarimizni körsatişi kerak. Öyinni rejalashtirganimizdek boşlay olmadik. Odatda markaz orqali yaxşi hujum qilamiz, ammo Daniya bu hududni yaxşi yopdi. Şu sababli qanotlardan köproq foydalandik, raqibni yakkama-yakka vaziyatlarda aldab ötişga va töpni jarima maydoniga uzatişga urindik.
Daniyaliklar öz imkoniyatlaridan unumli foydalandi. Deyarli har bir vaziyat gol bilan yakunlandi. Öyin biz uçun omadsiz keçdi, ammo keyingi bahsda asqatadigan jihatlar ham böldi», dedi Fernandeş.
Beş turdan söng Portugaliya 12 oçko bilan 4-guruhda peshqadam. Daniya 9 oçko bilan ikkinçi örinda.