Britaniyada karantin cheklovlari bekor qilinmoqda
Buyuk Britaniyada koronavirus tufayli joriy etilgan karantin choralari cheklovlarni bekor qilishga doir “yo‘l xaritasi”ga muvofiq tarzda yumshatiladi.
“REGNUM” xabariga ko‘ra, bu haqda bosh vazir Boris Jonson matbuot anjumanida ma’lumot bergan.
Hukumat rahbarining aytishicha, endilikda avvaldan rejalashtirilgan ishlarni hayotga joriy qilish uchun sharoit mavjud. Hujjatga ko‘ra, 12 apreldan boshlab mamlakat bo‘ylab qator ob’ektlar ochiladi. Bundan tashqari, fuqarolarning boshqa hududlarga borishiga ruxsat beriladi.