Britaniya o‘ta yengil zambarak ishlab chiqaradi
Buyuk Britaniyaning Sheffild shahrida qurolga talab ortib borayotgan bir sharoitda artilleriya aslahasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi zavod ochildi. Bu haqda Qirollik Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
“BAE Systems” tomonidan boshqariladigan zavodda 155 millimetrli M777 yengil gaubitsa yig‘iladi.
— Korxonada yuqori talabga javob beradigan darajadagi ilg‘or jangovar tizim yaratish imkoni bor, — deyilgan xabarda.
"Telegraf" gazetasi ta’kidlaganidek, kompaniya 2023 yil M777 turkumi ishlab chiqarilishini qisqartirish haqidagi qaror talab ortishi sababli bekor qilgan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina avvalroq 30 kilometrgacha masofadagi nishonga zarba bera oladigan va artilleriya quroli uchun mo‘ljallangan yengil – 4,5 tonnalik bir necha aslaha olgan. Binobarin, qurilmalarning aksari ta’mirlash yoki tiklashga muhtojligi aytilmoqda.