Braziliya: umid va qoʻrquv
Mamlakat Prezident saylovidan bir kun oʻtib deyarli barcha mahalliy nashrlarning sahifalarida saylovlarda muvaffaqiyat qozongan Jair Bolsonaro surati chop etildi.
Mamlakat Prezident saylovidan bir kun oʻtib deyarli barcha mahalliy nashrlarning sahifalarida saylovlarda muvaffaqiyat qozongan Jair Bolsonaro surati chop etildi. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda.
Mamlakat 200 million aholisining yaxshi turmush tarziga erishish umidi qoʻrquv hissi bilan kesishmoqda.
– Prezidentning nutqida xavflilik seziladi. Fikrimcha, bu shunchaki ritorika. Hukumatimiz va jamiyatimiz yetarlicha kuchga ega. Negadir mamlakatimizdagi demokratiyaga tahdid xavfi mavjudligini sezmoqdaman, – deydi mamlakat fuqarolaridan biri.
Mamlakat yosh fuqarosi esa, Bolsonaroning 12 yil partiyada faoliyat yuritgani Prezidentlik lavozimini egallashi uchun yetarli tajribalar berganini aytib oʻtgan.
Boshqa bir ayol esa bu haqda hech nima deya olmasligini, oʻta qoloqlashgan sogʻliqni saqlash, taʼlim tizimlarida ulkan islohotlar oʻtkazish kerakligini taʼkidlagan.
Jair Bolsonaroning hukumat rahbarligini egallaganidan soʻng, shuningdek, iqtisodiyotni barqarorlashtirish vaʼdasiga koʻra, Braziliya kompaniyalari aksiyalari 29 oktyabr holatiga koʻra oshganligi, lekin San Paulodagi fond birjasi oʻsishi esa beqaror holatga oʻzgarganligi kuzatilmoqda.
Davlatning yangi boshqaruv vakillarining bergan maʼlumotlariga koʻra, Jair Bolsonaroning Prezidentlik tashrifida birinchi boʻlib Chili davlatiga borishini, ushbu tashrif 2019 yilda amalga oshirilishi maʼlum qilingan.