Bozorova Dilyara O‘tkirovnaning kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Mineral va mahalliy o‘g‘itlar qo‘llashning bamiya (Hibiscus esculentus L.) navlarining o‘sishi-rivojlanishi, hosildorligi va kimyoviy tarkibiga ta’siri (sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida)” mavzusida
Bozorova Dilyayra O‘tkirovnaning “Mineral va mahalliy o‘g‘itlar qo‘llashning bamiya (Hibiscus esculentus L.) navlarining o‘sishi-rivojlanishi, hosildorligi va kimyoviy tarkibiga ta’siri (sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida)” mavzusida 06.01.04 – Agrokimyo va 02.00.10 – Bioorganik kimyo ixtisosliklari bo‘yicha kimyo fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya taqdimoti himoyasi Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 17-iyul kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 111218, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy. Toshkent davlat agrar universiteti.
Tel.: (+71) 260-48-00; faks: (71) 260–38–60
e–mail: tuag_info@edu.uz