Boyovutda sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazildi
Sirdaryo viloyati Boyovut tuman tibbiyot birlashmasida respublika miqyosidagi tibbiyot muassasalaridan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirokida tibbiy ko‘rik hamda skrining tekshiruvlar o‘tkazildi.
Sog‘lomlashtirish tadbirlari erta tongdan «Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam» marafoni bilan start oldi. Unda yuzdan ortiq shifokor va hamshira ishtirok etdi.
Tibbiy ko‘riklar davomida yetakchi shifokorlar va tor doiradagi mutaxassislar tomonidan turli kasalliklar kelib chiqishining oldini olish, fuqarolarning tibbiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha suhbatlar ham o‘tkazildi.
Aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy madaniyatini yuksaltirish, bemorlar dardiga malham bo‘lishga qaratilgan bunday tadbirlar hududlarda davom etishi belgilangan.
[gallery-18182]
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA