Boshqaruv kadrlarining malakasi oshirildi
Poytaxtimizda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan poytaxt tumanlari hokimliklari, vazirlik va idoralarning hududiy boshqarma va bo‘limlari, inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limlarining mas’ul xodimlari ishtirokida malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tdi.
Boshqaruv kadrlarining zamonaviy talab va ehtiyojlarga moslashuvini ta’minlash hamda ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda zamonaviy kadrlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi roli, davlat xizmatida protokol va etiket qoidalari o‘qitildi.

Shuningdek, xodimlarni boshqarishning zamonaviy usullari, motivatsiya va rag‘batlantirish jarayonlari, KPI tizimini joriy etish va samaradorlikni oshirish yo‘llari kabi masalalarni qamrab oldi.
Ushbu kurslar davlat xizmati kadrlariga zamonaviy boshqaruv usullarini o‘rganishda samarali dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA