Boshlang‘ich tashkilot raislari uchun o‘quv-seminar
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat Kengashining majlislar zalida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi viloyat Kengashi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar raislari uchun amaliy seminar tashkil etildi.
2025 yil kasaba uyushmalari hayotida muhim davr, ya’ni so‘nggi 5 yillik faoliyat sarhisob qilinadi. Barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazilib, ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar tahlil qilinadi, faoliyatda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlar yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olinadi.



– Seminarda ishtirokchilarga “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida Nizom” talablari asosida hisobot-saylov yig‘ilishlarini o‘tkazish tartibi, qo‘mita a’zolarini saylash jarayoni, hujjatlarni rasmiylashtirish, qo‘mita a’zolarining vazifalari va dublyorlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi, – deydi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi viloyat Kengashi raisi Feruza Rahimova. – Shuningdek, seminarda hisobot-saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish, hisobot-saylov konferensiya, yig‘ilishlarini olib borish, boshlang‘ich kasaba uyushmasining saylanma organlarini saylash, byulleten to‘ldirish tartibi, shuningdek, sanoq komissiyasining faoliyati, konferensiyalarga delegatlar saylash norma va tartiblari haqida tushuntirishlar berildi.


Tadbir so‘nggida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri