Bosh prokuror o‘rinbosari – Gulistonda
Bosh prokuror o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Sh.Uzakov Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida bo‘lib, tashrif doirasida tuman sektor rahbarlaring ish faoliyati, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Sh.Uzakov sektor rahbarlari bilan dastlab Beshbuloq mahallasidagi limon yetishtiruvchi issiqxonada bo‘ldi. So‘ng, “Ibrat” mahallasidagi Miss Miledi" tikuvchilik fabrikasida va “Sohilobod” MFYdagi 18-sonli Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Sohilobod mahallasidagi ehtiyojmand oilaga borib, ularning muammo va takliflarini tingladi.


Tashrif davomida tumanning "Og‘ir xudud"laridan biri deb topilgan Hamid Olimjon maxallasida bo‘ldi. Ushbu mahallada olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, yangi loyihalar asosida qurilayotgan ob’ektlar bilan tanishib, tuman rahbarlariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi. Mahalladagi hokim yordamchisi bilan suhbatlashdi.


Prezidentimiz tashabbusi bilan tumanda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun Guliston tumanida 176 o‘rinli «Nurli zamin» maktab-internati qurib bitkazildi.
Mas’ullar ushbu maktab-internatida bo‘lib, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Sh.Suyarov, F.Toshmatov (surat), O‘zA