Boş prokuraturaning «tez yordam» tamoyili tadbirkorlarga qanday yordam bermoqda?
Boş prokuraturada tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, şuningdek, ularning faoliyatiga tösqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etiş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazildi.
Unda Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi, Boş prokuraturaning tegişli tarmoq rahbarlari, hududiy prokuraturalar, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda Majburiy ijro byurosining masʼul xodimlari iştirok etdi.
Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev boşqargan yiğilişda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar doirasida tadbirkorlikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş hamda işbilarmonlik muhitini yanada yaxşilaş masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

Uşbu islohotlarning samarali amalga oşirilişida prokuratura organlari zimmasiga ham muhim vazifalar yuklatilgan bölib, bu borada muayyan işlar amalga oşirilmoqda.
Taʼkidlanganidek, joriy yilda prokuratura organlari tomonidan 21,5 ming nafar tadbirkorning muammo va takliflari «Tez yordam» tamoyili asosida ijobiy hal etildi.
Tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini asossiz töxtatiş, ularga nisbatan noqonuniy tekşiruv va tergov harakatlarini ötkazişga yöl qöymaslik, şuningdek, tadbirkorlik subʼektlariga nisbatan qonunçilikda belgilangan haqlilik prezumpsiyasiga qatʼiy rioya etiş zarurligi alohida taʼkidlandi.

Muhokamalar yakunida barça darajadagi prokurorlarga tadbirkorlarning muammolarini bevosita joylarga çiqqan holda örganiş, buzilgan huquqlarini tiklaş, sunʼiy byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş, eksportyor korxonalarni qöllab-quvvatlaş hamda investitsiya loyihalarining öz vaqtida işga tuşirilişini taʼminlaş böyiça aniq vazifalar belgilandi.
Tadbirkorlarning huquqlarini buzgan va ularning faoliyatiga qonunga xilof ravişda aralaşgan mansabdor şaxslarga nisbatan qatʼiy çoralar köriş lozimligi qayd etildi.
Prokuratura organlari faoliyati samaradorligini baholaşda tadbirkorlik subʼektlari faoliyatining tiklanişi, mavjud muammolarning hal etilişi, investitsiya loyihalarining işga tuşirilişi va yangi iş örinlarining yaratilişi asosiy mezonlar etib belgilandi.
N.Abduraimova, ÖzA