Bo‘riyev Muhriddin Dehqon o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Plug-yumshatkich tishli g‘altakmolasining parametrlarini asoslash” mavzusida
Bo‘riyev Muhriddin Dehqon o‘g‘lining 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligida “Plug-yumshatkich tishli g‘altakmolasining parametrlarini asoslash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 17 dekabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 225-uy, 1-bino, 239-xona.
Tel: (+99875) 221-09-23, faks: (+99875) 224-13-95.
e-mail: qmii@qmii.uz