Bor mehrimiz senga, bolajon!
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunimunosabati bilan “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida o‘tkaziladigan beg‘araz donorlik aksiyasiga barcha ko‘ngillilarni taklif etamiz.
Aksiya 1 iyun kuni soat 8:00 dan – 15:00 gacha Respublika qon qo‘yish markazida hamda uning Respublikadagi hududiy bo‘limlarida o‘tkaziladi.
Manzil:Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 42-a uy
(Mo‘ljal: Qatortol bozori).
“Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirni o‘tkazishdan maqsad tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, insonlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemorlarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.
Donorlik tartibi bo‘yicha eslatma:
18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar fuqarolik pasporti bilan ishtirok etishi;
1 kun avval achchiq, sho‘r mahsulotlar, spirtli va gazli yaxna ichimliklar iste’mol qilmasligi;
Donor bo‘ladigan kun ertalabki nonushtada tuxum, yog‘ va sut iste’mol qilmasligi;
Donor so‘nggi 6 oy ichida chet elda bo‘lmagan bo‘lishi lozim;
Gepatit kasaliga chalinmagan va “D” ro‘yxatda turmasligi talab etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: www.adolat.uz
+99871 288 46 54 (117)
+99890 520 13 85
+99899 421 93 18
O‘zA