Boltayeva Zulayxo Ollaberganovnaning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Keksalarda umurtqa pog‘onasi degenerativ kasalliklarining nevrologik ko‘rinishlarini kompleks reabilitatsiya dasturini takomillashtirish» mavzusida
Boltayeva Zulayxo Ollaberganovnaning 14.00.13 – Nevrologiya, 14.00.12 – Tibbiy reabilitologiya ixtisosliklari bo‘yicha «Keksalarda umurtqa pog‘onasi degenerativ kasalliklarining nevrologik ko‘rinishlarini kompleks reabilitatsiya dasturini takomillashtirish» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04 Ilmiy kengash kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2025 yil 31 may kuni soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Farobiy ko‘chasi 2-uy.
Tel.: (+99878) 150-78-14; Faks: (+99878) 150-78-14