Bolalik zavqli o‘tmoqda
Namangan viloyati Norin tumanidagi 10-maktabgacha ta’lim muassasasi 130 nafar bolani o‘z bag‘riga olgan.
Namangan viloyati Norin tumanidagi 10-maktabgacha ta’lim muassasasi 130 nafar bolani o‘z bag‘riga olgan.Muassasada o‘quv-tarbiya mashg‘ulotlari tajribali pedagog-mutaxassislar tomonidan samarali yo‘lga qo‘yilgan. “Bolajon” dasturi asosidagi qiziqarli mashg‘ulotlarda kichkintoylar dastlabki bilim va ko‘nikmani egallamoqda. Yosh avlodning intellektual salohiyati va jismoniy mahoratini shakllantirishga qaratilgan turli madaniy tadbirlar, sport musobaqalari muntazam o‘tkazib boriladi.