Bolalik – beg‘uborlik davri
Navoiy viloyatida ham 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolajonlar uchun madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Navoiy shahar markazidagi Madaniyat va istirohat bog‘ida, “Farhod” madaniyat saroyi atrofida hamda Yoshlar xiyobonida o‘tkazilgan bayram tadbiriga maktabgacha ta’lim muassasalarining katta va maktabga tayyorlov guruhlari bolalari, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari, uy sharoitida alohida ta’lim-tarbiya olayotgan bolajonlar, ijtimoiy-ma’naviy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari taklif etildi. Ayniqsa, shahar markazida joylashgan musiqali favvoralar jilosi bolajonlar qalbida ko‘tarinkilik baxsh etdi.
[gallery-2657]
Siroj ASLONOV(surat), O‘zA