Bolalarning bog‘chaga qatnov darajasi oshmoqda
Fotoreportaj
Namangan viloyati Chortoq tumanida bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish darajasini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tumanda 3-7 yoshli bolalar 16738 nafarni tashkil etadi. Ularning 12103 nafari maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olingan.
Ayni paytda hududda 36 ta davlat va 125 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ishlab turibdi. 1833 nafar bola boshlang‘ich ta’limning bepul bir yillik tayyorlov guruhlariga jalb etilgan.
[gallery-6932]
Tumanning Damariq mahallasidagi 90 o‘rinli 7-maktabgacha ta’lim tashkiloti 1974 yilda qurilgan bo‘lib, moslashtirilgan binoda faoliyat yuritayotgan edi.
2021 yilda investitsiya dasturi asosida mazkur muassasa qayta qurilib, zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi. Ushbu bog‘chaning yangidan foydalanishga topshirilishi hududdagi 220 nafar bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnashini ta’minladi.
Hotam MAMADALIEV(surat), O‘zA